O‘zbekiston | 13:15 / 14.08.2017
22758
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda Taxiatosh tumani tuzildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasi va "O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini yechish tartibi haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining taklifi ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashi 9 avgust kuni QQ-214-III sonli qaror qabul qildi, deb yozmoqda Kruz.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining 2017 yil 9 avgustdagi "Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida Taxiatosh tumanini tuzish haqida"gi 1004-III sonli qarori ma'lumot uchun qabul qilindi. 

Shuningdek,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Xo‘jayli tumanining "Keneges", "Sarayko‘l" va "Naymanko‘l" mahallalari ham Taxiatosh shahri hududiga biriktirilib, Taxiatosh tumanini tuzishga rozilik berildi. 

Mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kirdi. 

Mavzuga oid