Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘izistonga yetib bordi
Bugun, 16 avgust kuni Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston Respublikasiga yetib bordi. Ularni «Manas» aeroportida Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammadkaliy Abulgaziyev va Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev kutib oldi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» xabar qiladi.
Xabar qilinishicha, bugun «Ala-Archa» davlat rezidensiyasida Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev Abdulla Aripovni qabul qiladi. Shundan so‘ng Aripov qirg‘izistonlik hamkasbi Soorenbay Jeenbekov bilan uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Ikki tomonlama hamkorlik va Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyalari majlislarida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
08:11 / 19.12.2024
Abdulla Aripov Odilbek Qosimaliyevni Qirg‘iziston bosh vaziri etib tasdiqlangani bilan tabrikladi
07:09 / 14.12.2024
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
16:00 / 23.11.2024