Useyn Bolt “Manchester Yunayted” safida “Barselona”ga qarshi o‘ynaydi
Yengil atletika bo‘yicha 8 karra Olimpiya chempioni, sportchilik faoliyatini yakunlashini e'lon qilgan yamaykalik sprinter Useyn Bolt xayriya futbol uchrashuvida ishtirok etadi.
Bolt uchrashuvda “Manchester Yunayted” safida jamoaning Pol Skoulz, Gari Nevill, Edvin Van der Sar kabi sobiq o‘yinchilari bilan birgalikda “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 2 sentabrda bo‘lib o‘tadi.
30 yoshli Bolt anchadan beri faoliyatini yakunlagach, o‘z kuchini futbolda sinab ko‘rish istagi borligini aytib keladi. U hattoki bir necha futbol klublarida, jumladan “Manchester Yunayted” va Dortmundning “Borussiya”si mashg‘ulotlarida ishtirok etgan. Sportchining o‘zi “MYu”ga muxlislik qilishini aytadi.
Mavzuga oid
11:45 / 27.12.2024
Holand penaltidan ham gol urolmadi, «Chelsi» kambek qurboni. APLda Boxing day
12:24 / 16.12.2024
«Barsa» yana autsayderga yutqazdi, «Siti» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
10:17 / 05.12.2024
Mbappe yana uyaltirdi, «Liverpul» qoqildi. Kun o‘yinlari
11:53 / 25.11.2024