Jamiyat | 12:14 / 17.08.2017
5890
1 daqiqa o‘qiladi

Sergelida kafega o‘g‘irlikka kirgan shaxs ushlandi

2017 yilning 15 avgust kuni taxminan soat 05:00 larda Nariman Zakirov o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Sergeli tumanida joylashgan “Rixsivoy” kafesi ichiga darcha oyna orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan o‘g‘irlik sodir etmoqchi bo‘lgan vaqtida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lgan olingan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,169-moddasi 2 -qismi “v, g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘g‘irlikka suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid