Jahon | 09:40 / 18.08.2017
10479
1 daqiqa o‘qiladi

Atlantika okeani janubida kuchli zilzila yuz berdi

Atlantika okeani janubida 6,8 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar qilgan.

Ta'kidlanishicha, yer silkinishi markazi Britaniya hududi tarkibiga kiruvchi Jorjtaun shahridan 760 kilometr masofada bo‘lgan.

Zilzila o‘chog‘i 19 kilometrlik yer tubida joylashgani aytilmoqda. Tsunami xavfi e'lon qilinmadi.

Avvalroq Indoneziyada 6,4 magnitudali zilzila ro‘y bergani xabar berilgandi.

Mavzuga oid