Jamiyat | 19:00 / 18.08.2017
15027
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning sobiq prezidenti Yelsin yurgan limuzin sotuvga qo‘yildi

Foto: Aleksandr Chumichev/TASS

Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin rasmiy va shaxsiy uchrashuvlarga borgan zirhlangan Mercedes-Benz S-klasse Trasco Bremen limuzini Peterburgda 19,7 mln rublga sotuvga qo‘yildi.

Tegishli e'lon avtomobillar sotishga ixtisoslashgan saytlardan birida paydo bo‘lgan. “Avtomobilda Boris Yelsin haydovchi bilan yurgan. Bizga uni Davlat dumasi deputati maxsus garajdan olib keldi. Narxini me'yorda deb hisoblaymiz va hozircha ko‘tarmoqchi emasmiz”, deb aytgan agentlik xodimi va limuzin juda yaxshi holatda ekanligini qo‘shimcha qilgan.

E'longa ko‘ra, avtomobil “pachoq bo‘lmagan”, orqa privodli, chap tomonda joylashgan rulga ega. Mashinada jami 60 ming km yo‘l bosib o‘tilgan. Limuzin maxsus buyurtma asosida yaratilgan. Sotuvchining fikricha, avtomobil “yaxshi kolleksiya uchun munosib ekzemplyar” bo‘lishi mumkin.

TASS axborot agentligiga sayt matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, Yelsin yurgan boshqa bir limuzin – Mercedes-Benz S-klasse III (W140) yaqinda 33 mln rublga sotilgan edi.

Mavzuga oid