Jamiyat | 09:36 / 20.08.2017
4692
1 daqiqa o‘qiladi

Mayamida otishma tufayli savdo markazi evakuatsiya qilindi

Amerikaning Mayami shahrida Dolphin Mail savdo markazidagi kishilar politsiyaga otishma yuz bergani haqida xabar kelib tushgani sabab evakuatsiya qilindi. Bu haqda NBC Miami telekanali xabar bermoqda.

Guvohlarning ma'lum qilishicha, o‘q tovushlarini eshitishgan. Hodisa joyiga o‘nlab politsiyachilar yetib keldi.

Telekanalning ta'kidlashicha, politsiya xodimlari savdo markazida mergan borligiga ishonmayotganliklari, biroq “hodisani xuddi u o‘sha yerda bordek, kabi ko‘rayotganliklari” haqida ma'lum qilishgan.

Mahalliy hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q.

Mavzuga oid