Jahon | 00:27 / 21.08.2017
9644
1 daqiqa o‘qiladi

Koalitsiya bombalari ostida 80 nafar suriyalik halok bo‘ldi

AQSh boshchiligidagi halqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari aviazarbalari oqibatida Suriyada tinch aholidan 80 kishi halok bo‘ldi. 

20 avgustda TASS axborot agentligining "Al-Muyadin" telekanaliga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, bir aviazarba Suriyaning janubi-sharqidagi Xasek viloyatining Al-jaz'a aholi punktidagi masjidga to‘g‘ri kelgan. Bu vaqtda masjidda odamlar ibodat qilayotgan bo‘lganlar, oqibatda 41 kishi halok bo‘lgan.  

Koalitsiya aviatsiyasining Damashqdan 520 km uzoqlikda joylashgan Rakka shahrining Xaret-al-Badavi tumaniga bergan zarbalari yana 40 odamning hayotiga zomin bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, bu tuman IShID terrorchi guruhi nazoratida emas.

Mavzuga oid