O‘zbekiston | 08:42 / 23.08.2017
24598
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda “To‘palang” GESini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi “To‘palang gidrouzelini modernizatsiya qilish” loyihasi ikki yo‘nalishda amalga oshirilmoqda. Jumladan, birinchi yo‘nalish bo‘yicha 2017 yil yakuniga qadar “To‘palang suv ombori” sig‘imini 500 mln.m3 ga qadar oshirish ishlari yakunlanadi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Facebook dagi sahifasida ma'lum qilgan

Ikkinchi yo‘nalishda “To‘palang GES” quvvatini oshirish bo‘yicha umumiy quvvati 145 mVt bo‘lgan 2 ta agregat o‘rnatish ishlari 2020 yilda yakunlanishi mo‘ljallangan. Bugungi kunda GESda 48 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritib, o‘rtacha yiliga 80 mln. kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, loyiha to‘la quvvat bilan ish boshlagach 430 mln. kVt/st elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlari hamda 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. 

Bundan tashqari, “To‘palang GES” DUK tomonidan joriy yilning avgust oyidan boshlab umumiy quvvati 69 mVtni tashkil etuvchi 2 ta “Zarchob” kaskad kichik GESlarining qurilish ishlari zamonaviy texnikalar va malakali mutaxassislar jalb etilgan holda boshlab yuborildi. 

Mazkur loyihalarning ishga tushishi bilan 60 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Mavzuga oid