Jahon | 15:03 / 24.08.2017
10454
1 daqiqa o‘qiladi

Elektron pochtangizga AQShga chipta kelsa, ochmang! Virus bo‘lishi mumkin

Kiberfiribgarlar elektron spam-jo‘natmani ishlab chiqishdi va unga brauzerlar hamda elektron pochta ilovalaridan parollarni o‘g‘irlaydigan troyan dasturini yashirishdi. Bu haqda ESET matbuot xizmati «Gazeta.Ru»ga xabar bergan

Elektron maktub Delta Air Lines aviakompaniyasining “vakili” nomidan yuborilgan. Unda Vashingtongacha chipta xarid qilingani, puli to‘langani va havola orqali yuklab olish mumkinligi haqida ma'lumot bo‘ladi. 

Havoladan o‘tilganidan so‘ng, zararli makrosga ega Microsoft Office hujjati ochiladi. U ishga tushirilganidan so‘ng, kompyuterni PSW.Fareit troyani bilan zararlashni boshlaydi. U veb-brauzerlarda saqlangan login va parollarni o‘g‘irlash uchun mo‘ljallangan. 

Mavzuga oid