Jamiyat | 18:55 / 24.08.2017
21401
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatida tajriba sifatida soya o‘simligi yetishtirilmoqda

Soya dunyo mamlakatlaridagi 100 millionga yaqin maydonga ekib kelinadi. Soya eng ko‘p ekilgan Krasnodar o‘lkasida bu o‘simlikni takroriy ekish uchun quyosh harorati yetishmaydi. O‘zbekistonda esa bu o‘simlikni yiliga 2 marotaba ekish mumkin. U bezarar va tartibli tarzda o‘sadi. 

Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Ixtiyor smik” fermer xo‘jaligi fermeri Mo‘'tabarxon Ahmedovaning 90 gektar yeri bo‘lib, u paxta va g‘allachilik bilan bir qatorda kungaboqar ham yetishtiradi. Bu yil u tajriba sifatida 5 gektar yeriga 250 kg soya o‘simligini ekishga qaror qildi. Ayni kunlarda ularning bo‘yi 60 sm'ga yetgan bo‘lib, o‘simliklar gullash va meva tugish arafasida. Fermerning so‘zlariga ko‘ra, soya sentabrning 15-sanasigacha pishib yetiladi. Bu haqida Farg‘ona viloyatidan Ahror Ziyo ma'lum qildi. 

Bugungi kundagi dolzarb masalalar - tuproq unumdorligining kamayib borishi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, oqsilli mahsulotlarga bo‘lgan talablar eng muhim ekinlardan birini tanlab ekishni taqozo qiladi. Ana shunday o‘ta muhim va foydali ekinlardan biri soya o‘simligi hisoblanadi. 

Fermer Mo‘'tabar opa soya o‘simligini yaxshiroq o‘rganish va o‘simlik turlari bilan tanishish maqsadida xozirda bor-yo‘g‘i 5 gektar maydoniga tajriba sifatida urug‘ qadadi. Bu yil yaxshi hosil bersa, kelasi yilga 16 gektarga soya urug‘larini ekishni niyat qilgan.   

Mavzuga oid