Jahon | 21:44 / 24.08.2017
11600
1 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov Iroqda 12 nafar MDH fuqarosining qutqarilgani haqida xabar berdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov o‘zining Instagram sahifasida Iroqda Qozog‘iston fuqarolarining ozod qilingani haqida ma'lum qildi. 

 

A post shared by Ramzan Kadyrov (@kadyrov_95) on

"Iroqning Kurdistonida Rossiya va MDH davlatlari fuqarolarini qutqarish bo‘yicha yirik gumanitar operatsiyaning navbatdagi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

Uni tashkil qilish uchun men Iroqqa ChR rahbarining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi vakili, senator Ziyod Sabsabiyni jo‘natdim.

Kuni kecha Tal-Afarda 12 kishini qutqarib, xavfsiz joyga yetkazishga muvaffaq bo‘lindi. Ularning orasida 6 nafar Rossiya fuqarosi va yana shuncha Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan.

Bu shaxslarni qaytarishga doir operatsiyada Iroq Kurdistonining maxsus xizmatlari va huquq-tartibot organlari ishtirok etishdi", - deb yozadi Qodirov. 

Mavzuga oid