“Putinning yangi arzandasi” haqida ma'lum qilindi
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin “Putinning yangi arzandasiga aylandi”, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi prezidentning pozitsiyasi bilan tanish bo‘lgan uch amaldorga asosan. Oreshkin 2016 yilning oxirida vazirlikka rahbar bo‘lgandi.
Ularning ta'kidlashicha, Putinning yonida yirik xalqaro forumlarda ko‘p bora payqalayotgan vazir lavozimida ishlagan avvalgi rahbarlardan ko‘proq siyosiy ta'sirga ega.
Agentlikning xabar berishicha, aynan Oreshkin Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning Hamburgdagi G20 sammitida o‘tkazilgan uchrashuvi tafsilotlarini birinchi bo‘lib ochiqlagan.
Shuningdek, aynan Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri iyul oxirida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Sarmoyalar kafolatlari bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikda Rossiyadan boshqaruvchi lavozimida moliya vaziri Anton Siluanov o‘rnini egallagan.
Bundan tashqari, agentlikning ta'kidlashicha, Oreshkin Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ishini yaxshilash uchun norasmiy guruhni tashkil qilgan. Unga Citigroup’dan Yekaterina Vlasova, PricewaterhouseCoopers’dan Zoya Viktorova va McKinsey’dan Yuliya Urojayeva kabi shaxslar kirgan. Ularning bari Iqtisodiy rivojlanish vazirligiga yaqinda kelishgan hamda vazirlik rahbari bilan juda yaqin aloqalarda, deb xabar bergan agentlikning ikki suhbatdoshi.
Oreshkinning o‘zi Bloomberg’ga izoh berishdan bosh tortdi.
Eslatib o‘tamiz, Oreshkin Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari lavozimida hibsga olingan va “ishonchning yo‘qotishi sababli ishdan bo‘shatilgan” Aleksey Ulyukayevni almashtirdi. Oreshkin 2016 yilning noyabriga qadar moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, o‘z faoliyatini esa Rossiya banki va Rosbankda boshlagan.
Mavzuga oid
22:47
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
20:34