Shavkat Mirziyoyev Imom Al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Imom Al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmatida xabar berildi.
Davlat rahbari majmua qoshida ochilishi mo‘ljallanayotgan Xalqaro ilmiy markaz qurilishi bilan tanishdi. Ushbu markaz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkir allomalarimizning mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi bebaho ilmiy-ma'naviy merosini to‘plash, o‘rganish ularni xalqimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish bilan shug‘ullanadi.
Sh.M.Mirziyoyev bu yerda islom dini tarixi, ta'limoti yoshlarga eng mukammal o‘quv reja va dasturlar asosida o‘qitilishi zarurligi, bu markaz esa ajdodlarimizga munosib ravishda jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi kerakligini ta'kidladi.
Prezidentga majmua atrofida joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini rekonstruksiya qilish, yo‘l bo‘yida yangi turar-joylar bunyod etish, ziyoratchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, obodonlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar loyihalarini takomillashtirish, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha quruvchi va mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
15:21 / 20.12.2024
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
18:45 / 26.09.2024
Imom Buxoriyning yana bir asari o‘zbek tiliga o‘girildi
19:04 / 20.03.2024
Imom Buxoriyning «At-tarixus-sag‘ir» asari ilk marta o‘zbek tiliga tarjima qilindi
19:45 / 06.02.2024