Toshkent shahri o‘t o‘chirish xizmati har qanday favqulodda holatga shayligini namoyish qildi
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘shaloq bayramlar nishonlanishi arafasida Toshkent shahar “101” qisqa raqamining Markaziy dispetcherlik xizmati OAV vakillari uchun maxsus tadbir uyushtirdi. Unda OAV vakillari MDXning faoliyati, uning shaharda yong‘in xavfsizligiga qarshi kurash, ularni bartaraf etishdagi o‘rni xususida batafsil ma'lumotlar berildi.
Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi MDX rahbari podpolkovnik Yurov Sergeyning ma'lum qilishicha, bugungi kunda ushbu Markaziy dispetcherlik xizmati ishini olib borishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish ustida ish olib borilmoqda. Shu maqsadda xorijdan olib kelinayotgan va o‘rnatilayotgan elektron jihozlar va kuzatuv kameralari, aloqa vositalari, xavfdan ogoh etuvchi uskunalarning yuqori sifatli bo‘lishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mazkur tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri kameralar sifati, ish jarayonida axborot texnologiyalari qanchalik jiddiylik bilan joriy qilinayotganiga bevosita guvoh bo‘ldi.
Xususan, O‘zMTRK hududidagi teleminoraga o‘rnatilgan kameralarning yaqinlashtirish (ZOOM) tasvirlari sifatini a'lo darajada ekaniga ishonch hosil qilindi. Jumladan minoradagi kameralar 5-6 km uzoqlikdagi hududlarni yuqori aniqlikda ko‘rsatadi. Yana bir kamera MDX binosiga o‘rnatilgan. Shu bilan shahar katta hududini yuqoridan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha nazorat qilish mumkin.
Bugungi kunda MDX ixtiyorida 3 ta kamera bo‘lib, ularning sonini ularning sonini ko‘paytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Uchtepa tumani hokimiyati va Ichki ishlar bo‘limi binosiga, yana birini Yunusobod teleminorasiga o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Ayni vaqtda loyihalash, me'yoriy hujjatlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Markaziy dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etishni kompyuter va axborot texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Unda shaharning maxsus elektron xaritasi, dasturi bo‘lib, shahardagi yong‘in va unga qarshi kurash holati, suv olish quvurlari, birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali inshootlar joylashuvi, o‘t o‘chirish tizimlari o‘rni, o‘t o‘chirish brigadalari xizmatni o‘tashga ketgan bo‘lsa, ularning qaysi hududdaligi onlayn ravishda aks etib boradi.
Yurovning so‘zlariga ko‘ra, bir kunda shahar bo‘ylab 20 ta o‘ch o‘chirish brigadasi navbatchilikda turadi. Ular shahar hududlariga turli nuqtalarda yong‘in yuz beradigan bo‘lsa, 3-5 daqiqada yetib boradigan darajada joylashtirilgan.
Tadbir so‘nggida yong‘inga qarshi kurash va o‘t o‘chirish bo‘linmalarining har qanday holatga shayligi OAV vakillariga ko‘rgazmali ravishda namoyish etildi.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
21:23 / 21.12.2024