Jamiyat | 14:38 / 28.08.2017
5842
2 daqiqa o‘qiladi

“Chilonzor” savdo markazidagi zargarlik do‘konidan 26 mln so‘mlik buyumlarni o‘margan shaxs ushlandi

2017 yilning 17 avgust kuni taxminan soat 16:00 larda S.Sh.B. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumanida joylashgan “Chilonzor” savdo markazida bo‘la turib, shu yerdagi zargarlik buyumlari do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, fuqaro N.Sh.H.ga tegishli bo‘lgan jami 26.233.750 so‘mlik kumushdan ishlangan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Mavzuga oid