O‘zbekiston | 14:50 / 28.08.2017
39672
2 daqiqa o‘qiladi

Lola Karimova-Tillayeva​ YuNESKO​dagi faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda

Foto: Reuters

Taniqli siyosat va madaniyat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining ikkinchi qizi Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonning YuNESKOdagi vakili sifatida faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi. U bu haqda dushanba kuni bayonot bergan.

39 yoshli Lola Islamovna bundan buyon mamlakat siyosiy arbobi Islom Karimov nomi bilan ataluvchi fondni boshqarishini bildirgan.

«Amalga oshirilayotgan bir necha loyihalar yakunlanganidan so‘ng, yaqin kelajakda men elchilik (YuNESKO nazarda tutilmoqda - tahr.) vazifasidan ketishni rejalashtirmoqdaman», deya uning so‘zlarini keltiradi Reuters.

Lola Karimova-Tillayeva bundan keyin shaxsiy maqsad va loyihalarga, jumladan, Islom Karimov nomidagi fond ishlarini boshqarishga, yangi ijodiy va xayriya loyihalarni o‘tkazish bilan shug‘ullanishga ko‘proq e'tibor qaratmoqchi ekanini qo‘shimcha qilgan.

Lola Karimova lavozimidan bo‘shagach, O‘zbekistonga qaytishi ehtimoli haqidagi savolni ochiq qoldirgan. U mashhur tadbirkor Timur Tillayevga turmushga chiqqan Lola Karimova-Tillayeva Fransiya poytaxti Parijda shtab-kvartirasi joylashgan YuNESKOda faoliyat olib borgan.

Bundan avval Lola opasi Gulnora Karimova bilan yaqin munosabatda emasligini aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid