Jamiyat | 19:05 / 28.08.2017
22691
2 daqiqa o‘qiladi

Mirzo Ulug‘bek tumani IIBda yangi loyiha sinovi yo‘lga qo‘yildi

Foto: Kun.uz

IIV vaziri o‘rinbosari polkovnik Akromxon Boboxonov, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Sherzod Qutbiyev hamda tuman IIB polkovnik Azamat O‘roqov tashabbuslari bilan ichki ishlar idoralari xodimlarining tungi xizmatiga keng jamoatchilik vakillarini jalb qilish sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Tuman IIB Tergov bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Bahrom Begaliyevning so‘zlariga ko‘ra, shu maqsadda tuman Yoshlar ittifoqi yetakchilari, tumandagi umumta'lim maktablarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tungi xizmatga jalb etildi. 

26 avgust kuni jamoatchi nazorat guruhlari a'zolari ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda tungi xizmatga chiqishi munosabati ila tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Ular Mustaqillik bayrami va Qurbon hayiti kunlari tuman ko‘chalarida uchastka nozirlari bilan hamkorlikda tungi vaqtlarda navbatchilik qilishadi. Tungi soat 23-00 dan so‘ng, jamoatchilik vakillariga javob beriladi. 

Tuman IIB boshlig‘ining ta'kidlashicha, ushbu tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, boshqa tumanlarda ham joriy etilishi rejalashtirilmoqda. 

 

Mavzuga oid