Sport | 19:38 / 29.08.2017
30853
2 daqiqa o‘qiladi

Boks, JCh–2017: Iqboljon Xoldorov Artur Grigoryanning kuyovi ustidan g‘olib chiqdi va u ham yarim finalda

Foto: AIBA

Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo‘yicha AIBA shafeligi ostida o‘tayotgan jahon chempionati chorak final o‘yinlari boshlandi. Ma'lumki, chorakfinal janglarida to‘qqiz nafar bokschimiz qatnashmoqda.

Dastlabki jangda 49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov  hindistonlik Amit Kumarni yengib, yarimfinalga yo‘l oldi.

64 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov mezbon Germaniya nomidan ringga chiqqan Artyom Harityunyanga qarshi jang olib bordi. Artyom bizning mashhur bokschimiz Artur Grigoryanning kuyovi ekan. Uchrashuv hamyurtimizning 3:2 hisobidagi g‘alabasi (2:0 jarima ochkolari bilan) bilan yakunlandi va u ham yarimfinalga yo‘l oldi.

Chorakfinal janglarida qatnashayotgan qolgan bokschilarimiz quyidagi soatlarda ringga chiqishadi.

75 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 19:45

Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Troy Isli (AQSh)

91 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 20:15

Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Roy Korving (Niderlandiya)

52 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:15

Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Seyber Avila (Kolumbiya)

60 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:45

Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Otar Eranosyan (Gurjiston)

69 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:00

Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Pet MakKormak (Angliya)

81 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:30

Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Yerik Aljanov (Qozog‘iston)

91+ kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:55

Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamchibek Qo‘nqaboyev (Qozog‘iston)

Mavzuga oid