O‘zbekiston | 22:00 / 29.08.2017
56088
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zMTRK raisi Bobur Alixonov lavozimidan ozod etildi

Foto: Kommersant.uz

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbariyatida yana o‘zgarish ro‘y berdi.

Kun.uz manbalari tasdiqlashicha, avgust oyi boshida MTRK raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan Bobur Alixonov lavozimidan ozod etilgan. 

Jurnalist Bobur Alixonov aprel oyidan buyon kompaniya raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. U 2 avgust kuni lavozimdan ozod etilgan Xurshid Mirzohidov o‘rniga rahbar bo‘lgandi.

Ayni vaqtda MTRK raisi o‘rinbosari lavozimi bo‘sh qolmoqda.

Shu tariqa, yil davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida uchinchi marta rahbar ishdan olindi. Fevral oyida 2005 yildan buyon televideniyega rahbarlik qilib kelgan Alisher Xo‘jayev ishdan olinib, uning o‘rnida Xurshid Mirzohidov ish boshlagandi.

Mavzuga oid