Samolyot o‘rindig‘i o‘rnatilgan 68 yillik “Moskvich”ga million rubl so‘raldi
Omsklik Aleksey Nazarov to‘liq restavratsiya qilingan, 1949 yilda ishlab chiqarilgan 400-seriyadagi “Moskvich”ini sotuvga qo‘ydi. Nazarov mashinani tiklashda hattoki samolyot detallaridan foydalandi. Jumladan, avtomobilga Tu-154 camolyoti o‘rindig‘i o‘rnatilgan. Mashina bir million rublga sotilishi Auto.ru saytida e'lon qilingan.
“Original “Moskvich”da hech narsa, jumladan pechka bo‘lmagan. Men bu “Moskvich”ni unda xoh qish, xoh istalgan ob-havoda yurish uchun yaratdim. Bu to‘g‘rirog‘i gibriddir. Unda ko‘plab sovet mashinalari detallari bor. Hattoki samolyot va vertolyot detallari ham qo‘llangan. Misol uchun, salondagi o‘rindiqlar Tu-154’niki”, deb aytgan Nazarov “NGS Omsk” nashriga.
E'londa mashinaga VAZ-2103’ning 81 ot kuchiga ega dvigateli o‘rnatilgani ko‘rsatilgan. Mashina uzatmalar qutisi 5 pog‘onali. Bundan tashqari, mashinada USB va AUX raz'yomlariga ega multimedia tizimi mavjud.
Nazarovning ta'kidlashicha, avtomobillarni tiklash uning xobbisidir. U bu mashinani o‘g‘lini to‘yini o‘tkazish uchun sotishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
18:57 / 04.12.2024
Antalyada yongan Superjet: inqirozga yuz tutgan Rossiya aviasanoati
14:11 / 29.11.2024
Varshavada samolyotda uchishga ruxsat berilmagan o‘zbekistonlik fuqaroga yordam ko‘rsatildi
14:01 / 15.11.2024
Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi
21:10 / 10.11.2024