Jahon | 10:01 / 30.08.2017
5556
1 daqiqa o‘qiladi

Hyustonda suv toshqinlari paytida 13 mingdan ortiq inson qutqarib qolindi

AQSh tezkor xizmatlari xodimlari Hyuston va Texasning janubi-sharqiy qismidagi shaharlarda suv toshqinlari vaqtida 13 mingdan ortiq insonni qutqarishga muvaffaq bo‘ldilar.

Bu haqda Associated Press mahalliy va federal hukumatga asosan xabar bermoqda.

Avvalroq Xyustonda toshqinlar sababli komendantlik soati kiritilgandi.

Shuningdek, OAVning xabar berishicha, AQShda "Harvi" to‘foni qurbonlari soni 30 kishiga yetgan.

Mavzuga oid