Jamiyat | 17:51 / 01.09.2017
21801
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh miyasida o‘simta bo‘lgan saksofonchi uni olib tashlash amaliyotida kuy ijro etib berdi

Musiqachi bosh miya o‘simtasini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti vaqtida saksofon musiqa asbobida kuy ijro etdi. Bu amaliyot uning musiqiy qobiliyatiga zarar yetkazmaganini aniqlash uchun kerak edi. Tibbiy holat haqida Current Biology jurnalida xabar berildi.

Musiqa o‘qituvchisi Den Fabbio bosh miyasida o‘simta aniqlanganida atigi 25 yoshda edi. Shish ijobiy bo‘lgan, biroq musiqiy qobiliyatlar bilan bog‘liq sohada joylashgan.

Neyrojarrohlar Fabbioning bosh miyasi batafsil uch o‘lchamli xaritasini yaratishdi. Shundan so‘ng ular bemor bilan birga saksofon uchun kuyni tanlashdi, u amaliyot vaqtida ijro etilishi lozim edi. Fabbio chuqur nafar olmasligi va chiqarmasligi muhim edi – ular tufayli miya bosh suyagi ichidan ko‘tarilib, tushardi. Bunday yondashuv shifokorlarga miyadagi ehtimoliy o‘zgarishlarni amaliyot xonasidayoq nazorat qilish imkonini berdi.

Shifokorlar o‘simta olib tashlanganidan so‘ng, Fabbioning nutqini tekshirib ko‘rishdi, keyin unga saksofon tutqazishib, musiqiy qobiliyati zarar ko‘rmaganiga ishonch hosil qildilar.

Neyrojarrohlar bemorning hayotini qutqarishdan tashqari, bosh miya musiqa bilan bog‘liq ma'lumotni qanday qayta ishlashi haqida ham ko‘proq narsani bilib olishdi.

Mavzuga oid