«Putinning yangi arzandasi» bosh vazir va prezident bo‘lish istagi haqidagi savolga javob berdi
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Oreshkin Moskvadagi 1474-raqamli maktabga tashrif buyurganida yuqori sinf o‘quvchisining bosh vazir yoki prezident lavozimini egallash borasidagi rejalari bor yoxud yo‘qligiga doir savoliga javob qaytardi. Bu haqda RNS xabar bermoqda.
«Aslida, agarda mening o‘tmishimga qaraydigan bo‘lsak, men hech qachon qandaydir lavozimlar, kareram faol rivojlanishiga harakat qilmaganman», - deya ta'kidlab o‘tdi vazir savolga javob qaytarib.
Oreshkinning qo‘shimcha qilishicha, «shunchaki har doim o‘z ishini qilish lozim», agarda «javobgarlik tushadigan bo‘lsa», uni bajarish kerak.
Avvalroq Bloomberg agentligi Maksim Oreshkin “Putinning yangi arzandasiga aylangani” haqida xabar bergandi.
Shundan so‘ng Kreml «Putinning yangi arzandasi» haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Mavzuga oid
22:47
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
20:34