Jahon | 08:29 / 01.09.2017
7219
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning AQShdagi bosh konsulligini yopish qarorini shaxsan Tramp qabul qilgan

Foto: AFP 2017 / Josh Edelson

Rossiyaning San-Frantsiskodagi bosh konsulligi hamda Vashington va Nyu-Yorkdagi diplomatik binolarini yopish qarorini AQSh prezidenti Donald Trampning shaxsan o‘zi qabul qilgan. Bu haqda Tramp matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi.

“Ha, qarorni prezident qabul qilgan”, deb javob bergan Sanders tegishli savolga Oq uydagi matbuot anjumanda.

AQSh 31 avgust kuni Rossiyadan bosh konsulligi va konsullik binolarini 2 sentabrgacha yopishni talab qildi. Ma'lum qilinishicha, gap savdo vakolatxonalari haqida ketgan.

AQSh ma'muriyatida diplomatlarning AQShdan chiqarilib yuborilishi haqida gap ketmayotgani, yopilayotgan obektlar esa Rossiya mulki bo‘lib qolishi aytilgan.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ushbu cheklovlarni AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan muhokama qilgan va Moskva AQShning ushbu talablarni o‘rganib chiqib, so‘ngra o‘z javobini berishini aytgan. Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov esa Rossiya bunga “jazavaga tushmasdan”, osoyishtalik va professionallik bilan javob berishini aytgan.

Shu sababli San-Frantsiskodagi bosh konsullik 1 sentabrdan tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni to‘xtatadi.

Mavzuga oid