O‘zbekiston boks terma jamoasi barcha davrlardagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston termasi Germaniyaning Hamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida musobaqaning barcha davrlaridagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi shu paytgacha ishtirok etgan 12ta jahon chempionati finalida hech qachon to‘rt nafar vakili bilan ishtirok etmagandi. Shu kungacha terma jamoamizning eng yaxshi natijalari 1999 yili AQShning Hyuston va 2015 yilda Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatlarida qayd etilgan. Bu turnirlarda O‘zbekiston terma jamoasi finalda 3 nafardan vakil bilan ishtirok etgandi.
Hyustondagi natijalar hozircha medallar sifati bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. O‘shanda O‘zbekiston terma jamoasi 2ta oltin ( Muhammadqodir Abdullayev, O‘tkirbek Haydarov) va 1ta kumush medal bilan taqdirlangandi. 2015 yilgi finallarda esa barcha bokschilarimiz finalda imkoniyatni boy berishgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilgi JCh finalida O‘zbekiston sharafini finalda Hasanboy Do‘smatov (46-49 kg), Jasurbek Latipov (-52 kg), Iqboljon Xoldorov (-64kg) va Shahram G‘iyosov (-69 kg) himoya qiladi.
Mavzuga oid
17:22 / 23.12.2024
Husanov – yilning eng yaxshi yosh sportchisi, Do‘smatov va Keldiyorova yilning eng yaxshi sportchilari. «Milliy sport mukofoti-2024» g‘oliblari e’lon qilindi
20:26 / 09.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempionlariga qo‘ng‘iroq qildi
01:59 / 09.08.2024
Hasanboy Do‘smatov – ikki karra Olimpiada chempioni!
10:33 / 08.08.2024