Ikkinchi Jahon urushi yakunlanganiga 72 yil to‘ldi: So‘nggi kun qanday kechgan edi?
Millionlab kishilarning yostig‘ini quritgan Ikkinchi Jahon urushini yakunlash maqsadida 1945 yilning 26 iyulida ittifoqchi kuchlar tomonidan Yaponiyaning taslim bo‘lishi talab qilindi.
Shuningdek, shu kuni yapon hukumatiga urushdan voz kechish ultimatumini qo‘ygan Potsdam konferensiyasi ish boshladi. Oradan ikki kun o‘tib, 28 iyul kuni Yaponiya Bosh vazir Kantaro Sudzukining ittifoqchilar qaroriga munosabati va Yaponiyaning rasmiy pozitsiyasi e'lon qilindi. Mamlakatda bosib chiqariladigan «Asahi Shimbun» gazetasining ertalab tarqatgan sonida quyidagi gaplar keltirilgan:
«Mazkur deklaratsiya oldingisidan deyarli farq qilmaydi. Yaponiya hukumati bu qarorda hech qanday xavfni ko‘rmayapti. Biz shunchaki mokusatsu suru qilgan holda, urushni yakuniga yetkazishni xohlaymiz», deb iqtibos keltirilgan Sudzuki so‘zlaridan.
Gap aynan nima haqida ketayotgani yapon tilida keltirilgan «Mokusatsu» so‘zi ostida yashiringandi. Ma'lum bo‘lishicha, bu so‘z yapon tilidagi tinchlik va o‘ldirish kanjilaridan yasalar ekan. Hasegava Saiji tarjima qilgan xabarda, «biz buni inkor qilamiz, urushni so‘nggicha davom ettirishni xohlaymiz» ko‘rinishida namoyon bo‘ldi. G‘arb matbuoti esa omma fikrini shu birgina so‘z orqali shakllantira oldi.
Aslida, «biz jimlikni afzal bilamiz, urush yakuniga yetishini xohlaymiz» ma'nosida Bosh vazir fikri, keyinroq Yaponiyaga atom bombasi tashlanishiga sabab bo‘ldi.
Hirosima va Nagasaki fojiasidan so‘ng 14 avgust kuni Yaponiya to‘la taslim bo‘lgani haqidagi deklaratsiyasni qabul qildi. 2 sentabr kuni, Tokio vaqti bilan soat 9:02da, qirg‘oqqa yaqinlashgan AQShning «Missuri» linkorida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi va hujjatlar imzolandi.
Mavzuga oid
12:13
“O‘zbekistondagi nosvoylardan 10 xil zaharli modda aniqladik” - Yaponiyadagi o‘zbek olimi yangi tadqiqoti haqida
20:50 / 23.12.2024
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
18:22 / 22.12.2024