Rossiyaning San-Frantsiskodagi tortib olingan bosh konsulligi binosida qora tutun payqaldi
San-Frantsisko o‘t o‘chiruvchilari Rossiyaning San-Frantsiskoda yopilayotgan bosh konsulligi binosiga u yerdagi quvurdan ko‘tarilayotgan quyuq qora tutun haqidagi xabardan keyin kelishdi.
Biroq o‘t o‘chiruvchilar konsullik hududiga kiritilmaganlar, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Muxbirning aytishicha, binodan chiqayotgan odamlar o‘t o‘chiruvchilarga hammasi joyida ekanligini, tutun esa diplomatlar kaminda nimalarnidir yoqishayotgani sababli chiqayotganini aytishgan.
Konsullik xodimlari o‘z narsalarini yig‘ishtirmoqdalar, chunki ularga 2 sentabr kuni binoni bo‘shatib qo‘yish buyurilgan. Rossiya tashqi ishlar vazirligida AQSh hukumati binoda tintuv o‘tkazmoqchiligini ma'lum qilgan. Biroq AQSh davlat departamentida bunga hech qanday izoh berilmagan.
Ma'lum qilinganidek, davlat departamenti vakili Xizer Nauert Moskvaning AQSh diplomatlarini qisqartirishiga javob chorasi qabul qilinishini e'lon qilgandi. Gap Rossiyaning Kaliforniyadagi bosh konsulligi va yana ikkita diplomatik obekti yopilishi haqida ketgan. Jumladan, 1 sentabr kuni Rossiyaning Nyu-Yorkdagi savdo vakolatxonasi idorasidan xodimlar chiqib keta boshlashgan.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
18:22 / 24.12.2024