Jamiyat | 21:18 / 04.09.2017
13715
2 daqiqa o‘qiladi

Anjyelina Joli qachon ishga qaytishini ma'lum qildi

Foto: Netflix

Hollivud aktrisasi va rejissyori Anjyelina Joli qachon ishga qaytishini ma'lum qildi. The Hollywood Reporter shu haqida xabar berdi. 

Jolining so‘zlariga ko‘ra, u aktyor va prodyuser Bred Pitt bilan ajrashishiga bog‘liq murakkab "oilaviy vaziyat" tufayli bir yillik tanaffus olgan.

Aktrisaning ma'lum qilishicha, uning keyingi loyihasi shu yilning o‘zidayoq Disney tomonidan suratga olinadigan «Malefisenta» ertagi sikveli bo‘lishi mumkin. 

Bundan tashqari, Joli «Kleopatra»ning ssenariysi tayyor ekanini ma'lum qilgan.

«Ko‘p g‘oyalar havoda uchib yuribdi», – dedi aktrisa, lekin hech qanday majburiyatni o‘z bo‘yniga olmaganini qo‘shimcha qildi.  

Biroz avval Anjyelina Jolining «Dastlab ular otamni o‘ldirishdi» filmi treyleri chiqqani haqida xabar berilgandi. Jolining yangi kartinasi kambojalik yozuvchi ayol va huquq himoyachisi Lung Ang hamda uning xotiralariga bag‘ishlangan. Aktrisa u ayol bilan 2002 yilda, Kambojaga insonparvarlik yordami ko‘rsatilgan paytda tanishgan, keyinroq u haqida film suratga olishga qaror qilgan. 

Mavzuga oid