Jahon | 17:25 / 04.09.2017
24213
1 daqiqa o‘qiladi

Jirinovskiy Lavrovni ishdan bo‘shatishni taklif qildi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya Liberal demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiyning ma'lum qilishicha, RF ancha qat'iy tashqi siyosatni olib borishi lozim. U Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovni almashtirishni taklif qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Xalqaro muammolar qolmoqda, va bizning fikricha, qat'iyroq siyosat olib borish kerak. Prezident bo‘lsam, ishni nimadan boshlardim: men birinchi bo‘lib tashqi ishlar vazirini lavozimidan ozod qilardim. U sharoitga yaramaydi, <…> bugun umuman boshqa shaxs kerak, u Lavrovdan yaxshiroq bo‘lishi lozim», - deya ma'lum qildi Jirinovskiy.

Shu bilan birga, u vazir lavozimini kim egallashi mumkinligini aytmagan.

Avvalroq Jirinovskiy Ukrainada terrorizmni moliyalashtirishda gumonlanayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid