Fan-texnika | 19:00 / 05.09.2017
19851
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda KAMAZning rasmiy servislik va dilerlik markazi ochilmoqda

Foto: KAMAZ

Rossiyaning yirik avtomobil kompaniyasi, og‘ir yuk tashish mashinalarini ishlab chiqaruvchi «KAMAZ» OAJ o‘zining faoliyat geografiyasini kengaytirmoqda va o‘z avtomashinalarining sotuvini va servis xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda

Toshkentdagi KAMAZ servis va dilerlik markazida KAMAZ brendi ostida ishlab chiqarilgan yangi og‘ir yuk tashish avtomobillari va mahsus transportlarini sotish, mijozlar og‘ir yuk tashish avtomobillari va mahsus transportlariga texnik xizmat ko‘rsatishning to‘liq jarayoni va asl ehtiyot qismlarini sotish amalga oshiriladi. Umumiy maydoni 7000 kv.m.ga teng markaz hududida ofis xonalari, chakana savdo do‘koni, ehtiyot qismlarini saqlash joyi, buzilishni aniqlash liniyasi, shinamontaj va yuk mashinalarini yuvish hududlari mavjud.

Foto: KAMAZ 

«O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik yil sayin o‘sib bormoqda. Tomonlar faoliyat turlarining deyarli barcha jabhalariga katta e'tibor qaratmoqdalar. KAMAZ servis va dilerlik markazining ochilishi esa ushbu munosabatlarning yanada kuchayganini anglatadi, shuningdek KAMAZ avtotexnikasiga tezkor texnik xizmat ko‘rsatish, asl ehtiyot qismlariga ega bo‘lish hamda ish o‘rinlarini yaratishning yangidan yangi imkoniyatlarini ochib beradi», – deb ta'kidladi KAMAZ servis va dilerlik markazi loyihasi rahbari Javlon Xalilov.

Foto: KAMAZ 

Yangi ochilgan servis va dilerlik markazida bir vaqtning o‘zida 6ta avtomobil ko‘rikdan o‘tkazilib, ta'mirlanadi. Majmuaning diqqatga sazovor tomoni – avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish stansiyasidir. U ta'mirlash ishlarining og‘irligiga qarab bir smenada 30ta mashinani qabul qilish quvvatiga ega. Shuningdek, markaz qoshida yengil va yuk tashish texnikasini evakuatsiya qilish xizmati ham mavjud. 

Mavzuga oid