FT: «Oksbrij» muvaffaqiyati Britaniya ta'limi tanazzulga yuz tutayotganidan dalolat
Amerikaning The Financial Times gazetasi fikricha, Oksford va Kembrijning jahon universitetlari reytingidagi muvaffaqiyati Britaniyaning ko‘plab boshqa oliy o‘quv yurtlari Yevropadagi raqobatchilar kuchayishi fonida o‘z nufuzini yo‘qotganini ko‘rsatdi.
Times Higher Education (THE) nashrining so‘nggi reytingiga ko‘ra, Oksford hamda Kembrij jahon oliy o‘quv yurtlari reytingida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallashdi. Nashrning ta'kidlashicha, Britaniyaning «oltin uchburchagi» bo‘lgan OTMlari (Oksford, Kembrij va London universiteti) o‘z pozitsiyalarini saqlab qolgan, biroq qirollikning nufuzli universitetlari va oddiylari o‘rtasidagi farq juda katta.
Nashrning qayd etishicha, reytingning tushib ketishi talabalarning ta'limga to‘lovni amalga oshirishdagi qarzdorligi oshgani va ta'lim sifatidagi muammolar bilan bog‘liq. THE reytingi direktori Fil Bati bunga Brexit ham aybdor ekanini aytdi.
Mavzuga oid
03:11
Britaniya dronlarga qarshi yangi turdagi radiochastotali qurolni sinovdan o‘tkazdi
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
21:42 / 19.12.2024
Britaniya Ukraina askarlarini tayyorlash uchun Ukrainaga o‘z instruktorlarini yuboradi
15:21 / 19.12.2024