Sport | 13:29 / 06.09.2017
11901
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Amerika. AQSh to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi va boshqa natijalar

Foto: FIFA matbuot xizmati

JCh-2018 saralashi, Shimoliy Amerika mintaqasida 8-turni Hondurasga qarshi safarda o‘tkazgan AQSh terma jamoasi 3 ochko to‘play olmaydi. 

Mezbonlar 27-daqiqasida Romel Kiotoning goli evaziga hisobni ochishdi. Mehmonlar esa 85-daqiqada Bobbi Vudning aniq zarbasi evaziga hisobni tenglashtirishdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Honduras futbolchisi Anri Figeroa ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi, lekin amerikaliklar qolgan vaqt ichida g‘alabani qo‘lga kirita olmadi.

8 turdan keyin AQSh va Honduras 9tadan ochko jamg‘arishgan, ammo amerikaliklar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga to‘rtinchi o‘rinda.

8-turda Kosta-Rika Meksikani qabul qilib, durang o‘ynadi - 1:1. Avvaliga, 42-daqiqada mehmonlar himoyachisi Kristian Gamboa to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi, 82-daqiqada meksikaliklar hujumchisi Markos Urenya hisobni tenglashtirdi. 

Yana bir uchrashuvda Panama Trinidad va Tobagoni yirik hisobda mag‘lub etdi - 3:0.

30-daqiqada Gabriel Torres hisobni ochdi. 57-daqiqada Trinidad va Tobago avtogol urdi, 85-daqiqada Abdel Arroyo o‘yinning yakuniy natijasini o‘rnatdi - 3:0.

JCh-2018 saralashi, 5-bosqich
Shimoliy Amerika, 8-tur

Honduras - AQSh 1:1
Gollar: 1:0 - Kioto (27), 1:1 - Vud (85)
Chetlatish: Figeroa, (90+3)

Kosta-Rika - Meksika 1:1
Gollar: 0:1 - Gamboa (42, avtogol), 1:1 - Urenya (82)

Panama - Trinidad va Tobago 3:0
Gollar: 1:0 - Torres (39), 2:0 - Mitchell (57, avtogol), 3:0 - Arroyo (85)

Mavzuga oid