O‘zbekiston | 16:47 / 07.09.2017
10520
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish bo‘yicha 94,5 mln dollarlik yirik loyihaga start berildi

Foto: Sharg‘unko‘mir

7 sentabr kuni Xitoyning «China Railway Tunnel Group va China Coal Technology & Engineering Group Corp.» konsorsiumi «Sharg‘unko‘mir» AJning modernizatsiyasi yirik investitsion loyihasining doirasida dastlabki tayyorlov ishlarni boshladi.

Tantanali tadbirda «O‘zbekiston temir yo‘llari AJ», «China Railway Tunnel Group, China Coal Technology & Engineering Group Corp.», OAV vakillari va jamoatchilik ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yili «Sharg‘unko‘mir» AJning modernizatsiyasi» farmonini imzolagan edi.

Loyihaning umumiy qiymati 94,5 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu loyihaning amalga oshirish ishlari 2020 yilning birinchi choragida yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Sharg‘unko‘mir

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda «China Railway Tunnel Group (CRTG)» kompaniyasi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksionerlik jamiyati «Angren – Pop» elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasini amalga oshirgan. Loyihaning umumiy qiymati 1,46 mlrd. AQSh dollarni tashkil etgan edi.

Mavzuga oid