Jahon | 15:28 / 07.09.2017
7905
2 daqiqa o‘qiladi

Jorj Kluni IShID hujumidan so‘ng omon qolgan qochqinga o‘z uyidan joy berdi 

Foto: AP

Amerikalik aktyor va rejissyor Jorj Kluni hamda uning rafiqasi, huquqshunos Amal Kluni IShID terrorchilik guruhining hujumidan so‘ng omon qolgan qochqin-yazidga o‘z uyidan boshpana berdi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar qilmoqda.

Jurnalning ta'kidlashicha, er-xotinlar o‘z harakatlarini keng ommadan yashirishgan. Ular mehmonni Kentukki shtatining Ogasta shahridagi uylarida joylashtirishdi.

Klunining so‘zlariga ko‘ra, iroqlik Mo‘sulga avtobusda ketayotganida, IShID jangarilari haydovchilarni otib tashlashgan va kollejda o‘qishni istagan barcha bilan shu ishni amalga oshirishlari haqida ma'lum qilishgan.

«U omon qoldi va Amerikaga keldi», - deya xabar berdi artist. Uning qayd etishicha, qochqin barcha tekshiruvlardan o‘tdi hamda Chikago Universiteti talabasiga aylandi.

Ma'lumot uchun, Kluni anchadan beri xayriya ishi bilan shug‘ullanib keladi. 

Avvalroq Jorj Kluni fondi va YUNISEF suriyalik qochqin bolalarga 2,3 million dollar taqdim etishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid