Jahon | 08:40 / 08.09.2017
19469
1 daqiqa o‘qiladi

4 arab davlati Qatar bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

Foto: RIA Novosti

Misr, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA Qatarni Fors ko‘rfazidagi mojaroga yechim topishga qaratilgan muzokaralar uchun qandaydir boshlang‘ich talablar qo‘ymaslikka chaqirdi. Bu haqda Dohaga boykot e'lon qilgan to‘rt davlatning qo‘shma bayonotida aytiladi.

"Boshlang‘ich talablarning ilgari surilishi Qatar terrorizmni qo‘llab-quvvatlashni va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishni bas qilish bo‘yicha murojaatlarga e'tiborsizlik bilan munosabatda bo‘layotganini tasdiqlaydi", - deyiladi Sky News Arabia telekanali tomonidan keltirilgan bayonot matnida.

Avvalroq Doha qo‘shnilari bilan muzokaralar boshlash uchun boshlang‘ich talab sifatida blokadani olib tashlashni taklif qilgandi.

Shuningdek, arab davlatlarining bayonotda ta'kidlashicha, Qatarga harbiy aralashuv bo‘yicha qandaydir rejalar tuzishmagan.

Bundan avval Saudiya Arabistoni Qatar bilan inqirozning davom etishiga tayyorligini aytgandi.

Mavzuga oid