Sport | 08:33 / 09.09.2017
4592
2 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. «Leyptsig» mehmonda g‘alaba qozondi

Foto: Getty Images

Germaniya bundesligasining 3-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv Hamburgda bo‘lib o‘tdi. Unda «Hamburg» o‘tgan mavsum kashfiyoti «RB Leyptsig»ni qabul qildi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Nabi Keyta uzoq masofadan to‘p kiritib, hisobni ochgan bo‘lsa, 75-daqiqada Timo Verner qarshi hujumda fantastik tezlik namoyish etib, ikki raqibni ortda qoldirgan holda farqni ikkitaga oshirdi va o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Leyptsig» hisobidagi ochkolar soni 6taga yetdi va jamoa 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ketma-ket ikki o‘yinni g‘alaba bilan boshlagan «Hamburg» esa ilk mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. Jamoa endilikda 5-o‘ringa tushib qolgan.

Germaniya bundesligasi, 3-tur

Hamburg – RB Leyptsig 0:2 (0:0)
Gollar: 
Keyta (67), Verner (75).
Hamburg: Mateniya, Dikmayyer, Papadopulos, Yung, van Drongelen (Sakai, 71), Ekdal (Shipplok, 74), Uolas, Xan, Xoltbi, Kostich (Valdshmidt, 37), Vud.
RB Leyptsig: Gulachi, Bernardo (Klostermann, 59), Orban, Upamekano, Xalstenberg, Keyta, Demme, Zabittser, Bruma (Kampl, 69), Ogyusten (Poulsen, 78), Verner.
Ogohlantirishlar: Keyta (60), Uolas (87).

Mavzuga oid