Sport | 13:55 / 11.09.2017
22836
2 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» va «Bunyodkor» rahbarlari O‘FFda ish boshlashi mumkin

Toshkentning ikki jamoasi «Paxtakor» va «Bunyodkor» rahbariyati vakillari Umid Ahmadjonov va Murod Aliyev O‘FFda ish boshlashi mumkin. Bu haqda SA nashri xabar tarqatdi.

O‘zgarishi kutilayotgan O‘FF tizimida ikki nafar yangi mutaxassis ish boshlashi kutilmoqda. Bular  «Paxtakor» vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov va «Bunyodkor» klubi bosh direktori Murod Aliyev, deyiladi manba xabarida.

Hozircha, ularning qaysi lavozimlarda ishlashiga oydinlik kiritilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, ertaga Radisson mehmonxonasida o‘tadigan O‘FFning hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda tashkiliy masalalar bilan birga O‘FFning yangi prezidenti ham saylanishi kutilmoqda.

Oldinroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, O‘FF prezidenti lavozimiga «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK bosh direktori Ulug‘bek Ro‘ziqulov tayinlanishi mumkinligi aytilmoqda.

Mavzuga oid