Sport | 17:25 / 13.09.2017
8955
1 daqiqa o‘qiladi

Teves va Guarin g‘alati sabab bilan sanksiyaga yo‘liqdi

Foto: Sport Ekspress

Xitoyning «Shanghay Shenhua» klubi yangi bosh murabbiyi Vu Tszinsu jamoa hujumchisi Karlos Teves yaqin vaqtdagi uchrashuvlarda ishtirok etmasligini ma'lum qildi.

«Teves jismoniy jihatdan tayyor emas. U keragidan ortiqcha vazn to‘plab yuborgan. Bu holatni Guarinda ham kuzatish mumkin.

Jamoa va futbolchilar uchun mas'uliyatni o‘zim zimmamga olganman. Agar sen o‘ynay olmaydigan darajada bo‘lsang, uchrashuv qaydnomasiga kiritilishga haqqing yo‘q», – deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Teves dunyoning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi sanaladi.

Mavzuga oid