Sport | 13:36 / 13.09.2017
17521
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Neymar «Seltik»ning yosh futbolchisiga qo‘l berishdan bosh tortdi

«PSJ» hujumchisi Neymar Chempionlar ligasi guruh bosqichi birinchi tur uchrashuvlari doirasida «Seltik»ka qarshi kechgan va 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyin shotlandlar klubi himoyachisi Enton Ralston bilan qo‘l berib xayrlashishni istamadi.

O‘yin davomida 18 yoshli bu futbolchi braziliyalikka qarshi individual tarzda harakat qildi, u 20-daqiqaga qadar Neymarga ikki marta qo‘pollik ishlatib, sariq kartochka ishladi va raqibining noroziligiga sabab bo‘ldi.

O‘yin davomida futbolchilar o‘rtasida tortishuv ham ro‘y bergan. O‘yin yakunida shotlandiyalik futbolchi minnatdorchilik bildirish uchun Neymarga qo‘l uzatgan, ammo braziliyalik futbolchi unga qo‘l berishdan bosh tortgan va unga nimadir degan. Futbolchilar janjallashib ketmasligi uchun jamoalarning boshqa vakillari aralashgan, Marko Verratti Ralstonni olib ketgan.

Foto: The Sun
Foto: The Sun

 

Mavzuga oid