Jahon | 08:34 / 14.09.2017
9005
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika qirg‘oqlarida yangi po‘rtana paydo bo‘ldi

Foto: AP

Meksikaning janubiy qirg‘oqlarida «Maks» tropik po‘rtanasi paydo bo‘ldi. Bu haqda Associated Press AQSh dovullar bo‘yicha Milliy markaziga asosan xabar qilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, po‘rtana Akapulkodan 185 kilometr janubi-g‘arbda paydo bo‘lgan.

Mamlakat hukumati qirg‘oqning po‘rtana o‘tadigan qismida istiqomat qiluvchi aholini u yaqinlashayotgani haqida ogohlantirdi.

Biroq, «Maks» jiddiy zarar keltirmasligi kutilmoqda.

Avvalroq Meksikaning Quyi Kaliforniya shtatiga yopirilgan «Lidiya» tropik po‘rtanasi oqibatida kamida to‘rt kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid