O‘zbekiston | 21:00 / 17.09.2017
60835
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Nursulton Nazarboyev Toshkentda Golovkinning jangini tomosha qildi

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati Nursulton Nazarboyev O‘zbekistonga tashrifi vaqtida qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin va Meksika vakili Saul «Kanelo» Alvares o‘rtasida 17 sentabr tongida bo‘lib o‘tgan jangni tomosha qilayotgani tasvirlangan suratni e'lon qildi.

«Davlat rahbari O‘zbekistonga davlat tashrifi vaqtida qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazgan jangni tomosha qildi», - deyilgan prezidentning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Suratda Nazarboyevning yonida Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va O‘zbekistondagi elchi Yerik Utembayev ham borligini ko‘rish mumkin.

Golovkin va Alvares o‘rtasidagi jang T-Mobile arenasidagi kechaning asosiy jangi bo‘ldi. 12 raund davom etgan jang yakunida hakamlar durang qayd etishdi. Natijada Golovkinning 37 g‘alabadan iborat g‘alabali seriyasi yakunlanib, u ilk marta durang natijaga rozi bo‘ldi. Shu bilan birga u kamarlarini o‘zida saqlab qoldi.

Mavzuga oid