Sport | 16:36 / 18.09.2017
12655
1 daqiqa o‘qiladi
Alvaresga Golovkin bilan jangda g‘alaba bergan ayol hakam faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi
Meksikalik Saul Alvaresga qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin bilan jangda g‘alaba bergan hakam Adelaida Bird o‘z faoliyatida tanaffus qiladi. Bu haqda Los Angeles Times xabar bermoqda.
«U tanaffusga muhtoj. Men uni ishga darhol qaytarmayman. U qaytadi, shunchaki tanaffus qilishi kerak. Bu yerda, xuddi boshqa istalgan kasbdagi kabi, juda og‘ir kunlar bo‘ladi», - deya ma'lum qildi Nevada shtatining atletika komissiyasi ijrochi direktori Bob Bennett.
Bird o‘zining 20 yillik hakamlik faoliyati davomida 442 ta jangda ishlagan.
Avvalroq Las-Vegas shahrida joylashgan mashhur T-Mobile arenada Golovkin va Alvares jangi bo‘lib o‘tgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:57 / 07.01.2024
O‘zbekistonlik 3 nafar hakam futboldan umrbod chetlatildi. Ular «Qo‘qon-1912»ga sotilgan
08:22 / 26.05.2021
Gennadiy Golovkinning boks qo‘lqopi 55 million tengega sotildi
18:56 / 04.01.2021
Ravshan Ermatov - rahbarlik faoliyati, tanqidlar va hakamlar imiji haqida
08:16 / 09.12.2020