Fan-texnika | 10:20 / 18.09.2017
15992
3 daqiqa o‘qiladi

LG’dan O‘zbekiston bozorida yangilik

Foto: LG

InstaView Door-in-Door (SM) o‘zida ilg‘or dizayn va yuqori ishlab chiqaruvchanlikni jamlagan

LG Electronics maishiy texnikadan yuqori qulaylik va sifatni kutadigan o‘zbek iste'molchilariga InstaView Door-in-Door (SM) muzlatgichining yangi Side-by-Side modelini taqdim etmoqda. Bunday toifadagi oddiy modellar odatda ichki joylashtirilgan dispenserga ega, LG InstaView Door-in-Door (SM) muzlatgichi esa kontseptual 33 dyuymli maxsus panelga ega. U muzlatgichni ochmay turib, uning ichida nima bor ekanini ko‘rish imkonini beradi.

Foto: LG

InstaView Door-in-Door (SM) – muzlatgichdan foydalanishda yangicha yondashuv

InstaView funksiyasi tufayli maxsus panelga ikki bor taqillatib qo‘yish kifoya. Shunda muzlatgichning ichida chiroq yonadi – foydalanuvchi shu orqali qurilmani ochmay va undan sovuq havoni chiqarmay turib, ichkarida nima borligini ko‘radi. Bundan tashqari, «Eshikda eshik» keng kamerasi (Door-in-Door (SM) foydalanuvchi eng ko‘p oladigan mahsulotlar va ichimliklarni osonlik bilan joylashtirish imkonini yaratadi. Muzlatgich kamerasini yashirin tugmachani bosish bilan osongina va ortiqcha harakatlarsiz ochish mumkin.

Foto: LG
Foto: LG

Ishonch, tejamkorlik va foydalanishning qulayligi

LG InstaView Door-in-Door (SM) muzlatgichida saqlanayotgan mahsulotlar ishonchli, energiya samarador va sokin Invertorli Liniyali kompressor (ishlab chiqaruvchidan 10 yil kafolat) tufayli ko‘proq muddat yangi holatdagidek turadi.

Shuningdek, LG InstaView Door-in-Door’da (SM) Hygiene Fresh (+SM) filtri o‘rnatilgan, u ehtimoliy yoqimsiz hidlar va muzlatgich ichidagi bakteriyalarni 99,99%ga yo‘qotadi.

FRESH Balancer (SM) optimal namlik zonasi mevalar hamda sabzavotlar yangiligi va foydali xususiyatlarini uzoqroq saqlab turishni ta'minlaydi. Oddiy sozlama orqali bu yerdagi namlikning turli darajalarini nazorat qilish imkoni bor. Shuningdek, InstaView Door-in-Door (SM) foydalanuvchilari pishloqlar va delikateslar kabi kichik mahsulotlarni qulay saqlash uchun qo‘shimcha bo‘linmaga yuqori baho berishadi.

InstaView Door-in-Door’ning (SM) qulay tutqichi to‘g‘ri burchakli “cho‘ntak” shaklida tayyorlangan bo‘lib, ustki eshikning pastki qismida joylashgan.

Foto: LG

InstaView Door-in-Door (SM) muzlatgichi LG’dan SmartThinQ (SM) bilan butunlay uyg‘unlashadi, bu esa foydalanuvchilarga muzlatgichni Wi Fi yordamida smartfon orqali masofadan boshqarish imkonini beradi. Foydalanuvchilar muzlatgichda haroratni o‘rnatishlari, muzlatish ekspress funksiyasi va Hygiene Fresh (+SM) ishini boshqarishlari, shuningdek, qurilma bilan ulangan ilova orqali muammolar diagnostikasini amalga oshirishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid