Jahon | 09:07 / 18.09.2017
9929
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda Lavrov va Tillerson uchrashuvi yakunlandi

Foto: RIA «Novosti»

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va  AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning Nyu-Yorkdagi uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda

Ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalari yetakchilarining suhbati 45 daqiqa davom etgan. Ta'kidlanishicha, u Amerika tomoni tashabbusi bilan tashkil etilgan va norasmiy mazmunga ega bo‘lgan. 

Shu munosabat bilan Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bu haqda jurnalistlarga ma'lum qildi. 

"Nyu-Yorkda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Reks Tillerson uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Suriya inqirozi va Yaqin Sharq, Afrika shimolidagi vaziyatlar, Minsk kelishuviga doir fikr almashdi", — degan u.

Mavzuga oid