Fan-texnika | 23:27 / 18.09.2017
7589
2 daqiqa o‘qiladi

Eng yirik kompaniyalar birlashgan guruh jahon avtobozorini egallamoqchi

Tarkibiga Renault, Nissan va Mitsubishi Motors avtomobilsozlik kompaniyalari kiruvchi yangi avtomobil guruhi joriy yilda savdolar hajmi bo‘yicha eng yirik guruh bo‘ldi. 

Alyans yangi rivojlanish rejasini e'lon qildi. Bu reja amalga oshirilishi yakunlanishiga guruhning avtomobillar savdosi yiliga 14 mln donadan ko‘proqni, umumiy daromadi esa 2016 yilga nisbatan 30 foizga ko‘proqni, ya'ni 240 mlrd dollarni tashkil qiladi. 

Foto: kolesa.ru

Alyans 2022 yilgacha umumiy platformalari sonini 2 tadan 4 tagacha oshirmoqchi. Ulardan biri 2020 yilgacha chiqariladi va boshidan eng zamonaviy texnologiyalar, jumladan haydovchisiz boshqaruvga mo‘ljallanadi. Taxminan shu vaqtda yangi dvigatel ishlab chiqariladi.

Foto: kolesa.ru

2020 yilda yangi alyans a'zolari elektr dvigatellar va batareyalarning yangi oilasini taqdim qilishadi. 2022 yilga kelib esa alyansning elektromobillar qatori 12 ta modelni o‘z ichiga oladi. Batareyalar narxi 30 foizga arzonlashadi, elektromobillar yurish zaxirasi esa 600 km dan oshadi.

Darvoqe, Nissan yaqinda yangi avloddagi Leaf mashinasini taqdim etdi. Mashina Yaponiyada oktabrdan sotila boshlanadi. 

Mavzuga oid