Turkiya Suriya bilan chegarasiga 80 ta zirhli transport vositasi yubordi
Turkiya Suriya bilan chegarasiga 80 ta zirhli transport vositasi yubordi. Zirhli texnika Turkiya shimoli-g‘arbidagi Lyuleburgaz tumanidan tortib kelinmoqda, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Yenisafak nashrining ma'lum qilishicha, Turkiya Suriyaning Idlib viloyatidagi yana bir deeskalatsiya hududida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 25 ming askar yubormoqchi. Bu hudud yaratilishi haqida 15 sentabrda Ostonada Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro muzokaralar vaqtida e'lon qilingandi.
Iyulda Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishik Anqara kurdlar nazoratida bo‘lgan Suriyaning Afrin shahrida harbiy operatsiya o‘tkazishi mumkinligini, undan avvalroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya Suriya shimolida kurd davlati barpo etilishiga yo‘q qo‘ymasligini aytgandilar.
Mavzuga oid
18:53
Suriyadagi HTSH rahbari guruhni tarqatib yuborish rejasini ma’lum qildi
15:00
Suriyaning yangi hukumati «Asad kuchlari»ni Tartus viloyatidan siqib chiqarmoqchi
09:14 / 28.12.2024
Suriyada minglab odamlarni o‘limga hukm qilgan sudya hibsga olindi
00:14 / 28.12.2024