O‘zbekiston | 19:14 / 19.09.2017
9255
1 daqiqa o‘qiladi

50 tonnagacha bo‘lgan avtokranlarga imtiyozlar tatbiq etilmaydi

Foto: tkdoroga.ru

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi (4 sentabr 2017 yil).

Norma.uz’ning yozishicha, tuzatishlar yuk tashish va maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan motorli transport vositalari importiga daxl qildi. TIF TN kodi 8705 10 009 0 bo‘yicha yuk ko‘tarish qobiliyati 50 tn gacha (ilgari – 25 tn.gacha) bo‘lgan avtokranlarga imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Shunday qilib, ko‘rsatilgan avtokranlarni import bo‘yicha olib kirishda 70 + 3 AQSh dollari/kub sm stavka bo‘yicha import bojxona boji, shuningdek 20% QQS to‘lanadi.

Tuzatishlar 3 oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Mavzuga oid