OAV: Irma dovulidan aziyat chekkan amerikaliklar 2 mlrd dollarlik sug‘urta puli olmoqchi
Amerika shtatlarining Irma dovulidan talofat ko‘rgan fuqarolari 2 mlrd dollardan ortiqroq mablag‘ni tashkil etayotgan sug‘urta to‘lovlari uchun ariza topshirishdi. Ayni vaqtda murojaat qilganlar soni 300 mingdan oshdi, deb xabar qilmoqda Fox News telekanali.
Ma'lumotlarga ko‘ra, sug‘urta kompaniyalariga eng ko‘p murojaat Florida shtatining janubiy tumanlaridan kelib tushgan. Yetkazilgan talofatni qoplab berish bo‘yicha tovon puli so‘rab yozilgan arizalar soni o‘tgan yilgi murojaatlardan oshgan. O‘tgan yilgi Mettyu to‘fonidan so‘ng 119 ming kishi 1,2 mlrd dollarlik tovon puli so‘rashgan edi.
Telekanalning qayd etishicha, bu raqamlar o‘rtacha hisoblanadi va o‘sishda davom etadi. Fitch xalqaro reyting agentligi mutaxassislariga ko‘ra, umumiy iqtisodiy zarar 25-50 mlrd dollarni tashkil etishi mumkin. Bu esa Amerika sug‘urta kompaniyalari uchun o‘ziga xos sinov bo‘ladi.