Jamiyat | 10:04 / 21.09.2017
9295
2 daqiqa o‘qiladi

Leonardo Di Kaprio jamg‘armasi atrof-muhit muhofazasiga rekord qiymatdagi mablag‘ ajratdi

Foto: AP

Aktyor Leonardo Di Kaprio jamg‘armasi iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash va atrof-muhit muhofazasiga rekord miqdordagi mablag‘ – 20 mln dollarni grant ko‘rinishida ajratdi. Bu mablag‘ 100 dan ko‘proq tashkilot o‘rtasida taqsimlanadi.

"Bu grant sohiblari kelajak avlodlar uchun okeanlarimiz, o‘rmonlarimiz va qirilib ketayotgan turlarni himoya qilish bo‘yicha joylarda ish olib bormoqdalar, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muhim va ortga surib bo‘lmas muammolar bilan kurashmoqdalar", deb aytgan Di Kaprio. U siyosatchilar hali kech bo‘lmasdan, o‘z zimmalariga dadillik bilan majburiyatlarni olishlari kerakligini aytgan.

Aktyorning o‘zi ham yovvoyi tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha turli dasturlarni moliyalashtirgan. U shuningdek qirilish yoqasida turgan hayvonlar haqida so‘zlovchi Virunga hujjatli filmi prodyuseri hisoblanadi. Yulduz tomondan tashkil etilgan jamg‘arma o‘tgan 19 yil davomida atrof-muhit muhofazasiga 60 mln dollar ajratgan.

Mavzuga oid